O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Odamlar o’limi bilan bog’liq yo’l-transport hodisasi

2019 yil 29 avgust kuni soat taxminan 17:30 da, fuqaro A.A. o’z boshqaruvidagi “Damas” rusumli avtomashinani “Uchqo’rg’on-Xaqulobod” yo’lining 17 kilometrida boshqarib ketayotib, boshqaruvni eplay olmay, qarama-qarshi yo’nalishdan harakatlanib kelayotgan, fuqaro M.S. boshqaruvidagi “Isuzu” rusumli yuk mashinasiga urilib, to’qnashuv sodir etgan. Natijada, “Damas” rusumli avtomashina haydovchisi A.A., yo’lovchilari A.N. va M.A.lar jarohat olib, vafot etishgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish, odamlar o’limiga sabab bo’lsa) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech