O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Odamlar o’limi bilan bog’liq yo’l-transport hodisasi

2018 yil 28 dekabr kuni soat taxminan 19:00da, fuqaro I.A. o’z boshqaruvidagi “Kobalt” rusumli avtoulovni “Toshloq-Farg’ona” KXAYning 14 kilometrida boshqarib ketayotib, qarama-qarshi yo’nalishdan harakatlanib kelayotgan, fuqaro Q.Sh. boshqaruvidagi “HOWO” rusumli yuk mashinasiga urilib, to’qnashuv sodir etgan. Natijada, “Kobalt” rusumli avtoulov haydovchisi I.A. va yo’lovchisi M.Sh.lar jarohat olib, hodisa joyida vafot etganlar.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish, odamlar o’limiga sabab bo’lsa) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech