O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Shirin shahridagi do‘konlarni o‘margan shaxs jinoiy javobgarlikka tortildi

2019 yil 27 iyun kunidan 28 iyun kuniga o‘tar kechasi fuqaro A.X. Sirdaryo viloyati Shirin shahrida joylashgan, fuqaro O.O.ga tegishli bo‘lgan savdo do‘koniga kirish eshigini buzish yo‘li bilan g‘ayriqonuniy ravishda kirib, temir seyf ichidan 70.000 so‘m miqdordagi pul mablag‘larini yashirin ravishda talon-toroj qilib, hodisa sodir bo‘lgan joydan yashiringan.

Bundan tashqari, u o‘zining jinoiy harakatlarini davom ettirib, shu kuni Shirin shahrida joylashgan, fuqaro M.I.ga tegishli bo‘lgan savdo do‘koni devorini buzish yo‘li bilan do‘konga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, umumiy bahosi 2.035.000 so‘mlik buyumlarni yashirin ravishda talon-toroj qilib, hodisa sodir bo‘lgan joydan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan Shirin shahar IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan A.X.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha olib borilgan dastlabki tergov davrida A.X.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan ayblov e’lon qilinib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi tanlangan va dastlabki tergov ayblov xulosasini tuzish bilan tamomlanib, jinoyat ishi sud muhokamasiga yuborilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Shirin shahar sudining 10.09.2019 yildagi hukmiga ko‘ra, fuqaro A.X. Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga nisbatan 4 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlagan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech