O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Restoranda qiz o‘zining dugonasini tunadi, jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan

Surxondaryo viloyati. 2020 yilning 02 mart kuni Termiz shahrida yashovchi 20 yoshli L.X. (ayol) Termiz shahri bo‘yicha IIO FMBga ariza bilan murojaat qilib, unda 2020 yilning 01 mart kuni taxminan soat 21:30 larda “Do‘stlik” mahallasidagi restoranlarning birida tanishi 21 yoshli U.O. (ayol) uning qo‘lidan narxi 1.400.000 so‘mlik «RedMi 6» rusumli uyali telefon apparatini tortib olganligini ma'lum qilgan.

Holat yuzasidan Termiz shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 1-qismi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va telefon apparati ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan. Dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech