O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Buva o’z nabirasini sotmoqchi bo’ldi

2018 yil 22 oktyabr kuni huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan hamkorlikda o'tkazilgan tezkor tadbir davomida, Surxondaryo viloyati Sho’rchi tumani hududida fuqaro T.Ch. turmushidan ajrashgan qizining 13.09.2018 yilda tug'ilgan o’g’il farzandini 1.500.000 so’m evaziga arizachi “M”ga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi “a” bandi (odam savdosi, ya'ni odamni olish-sotish yoxud odamni undan foydalanish maqsadida yollash, tashish, topshirish, yashirish yoki qabul qilish o'n sakkiz yoshga to'lmaganligi aybdorga ayon bo'lgan shaxsga nisbatan sodir etilgan bo'lsa) alomatlari bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O'zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech