O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

“Cobalt”dagi sayr oqibati 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishga tushishi mumkin

Andijon viloyati. 2022 yil 11 iyul kuni soat 00-30 larda, Asaka tumanida yashovchi 19 yoshli N.D. (ayol), o‘ziga oldindan tanish bo‘lgan 22 yoshli A.I.ni (erkak) boshqaruvidagi “Cobalt” rusumli avtomashinasida Asaka tumani Arg‘in MFY Janon-2 ko‘chasiga birga kelib, haydovchi A.I. avtomashinadan tanishlari bilan gaplashish maqsadida tushib ketganidan va avtomashinani dvigatelini o‘chirmay kalitini o‘zida qoldirib ketganligidan foydalanib, avtomashinani rul boshqaruviga o‘tirib, A.I.ning ruxsatisiz avtomashinasini olib qochib, so‘ngra Asaka-Shahrixon transport qatnov yo‘lining Shahrxion yo‘nalishi bo‘yicha boshqarib ketayotib, Shahrixon tumani hududiga yetganida boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l-transport hodisasi sodir etganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Asaka tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan N.D.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (Transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda yuqoridagi shaxs nima sababdan ushbu jinoyatga qo‘l urganligi aniqlanmoqda.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech