O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

“Qoradori-2018”

2018 yil 10 noyabr kuni ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o'tkazilgan “Qoradori-2018” keng qamrovli tezkor tadbir davomida, fuqaro A.J. Xorazm viloyati Urganch tumani hududida arizachi fuqaro A.S.ga og’irligi 0,25 grammga teng bo’lgan “gashish” giyohvandlik vositasini 170.000 so’mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 2-qismi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o'tkazish maqsadini ko'zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o'tkazish, ozginadan ko'p miqdorda sodir etilgan bo'lsa) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech