O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

“Qoradori-2018”

2018 yil 13 dekabr kuni ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o'tkazilgan “Qoradori-2018” keng qamrovli tezkor tadbir davomida, Sirdaryo viloyat Guliston shahrida yashovchi fuqaro J.T.ning uyi ko'zdan kechirilganda, u uyida og’irligi 1 kilogramm 5 grammga teng bo’lgan “marixuana” giyohvandlik vositasini kelgusida o'tkazish maqsadida qonunga xilof ravishda saqlab kelganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25,273-moddasi 5-qismi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ko’p miqdorda qonunga xilof ravishda sotishga suiqasd qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech