O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

"Captiva"lar olib berish va`dasi

Toshkent shahri. 2021 yilning 17 mart kuni 51 yoshli Doniyor M., Olmazor tumani Beruniy koʼchasida boʼla turib, 46 yoshli Bahodir А.,ga oʼzini avtomashina oldi-sotdisi bilan shugʼullanishini maʼlum qilib, unga qisqa fursatda ikkita “Captiva-4” rusumli avtomashina olib berishini vaʼda qilib, jami 63 000 АQSh dollar pul mablagʼlarini aldov yoʼli bilan qoʼlga kiritib bergan vaʼdasini bajarmasdan oʼz ehtiyojiga sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Olmazor tumani boʼyicha IIO FMB huzuridagi Tergov boʼlinmasi tomonidan Doniyor M.,ga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (Firibgarlik, yaʼni aldash, ishonchni suiisteʼmol qilish yoʼli bilan oʼzganing mulkini juda koʼp miqdorda qoʼlga kiritish) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech