O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

...buning uchun plastik kartangizni bersangiz bas!

Toshkent viloyati. 2021 yil aprel oyidan may oyining oxirlariga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida, 28 yoshli S.N. o‘zganing mol-mulkini firibgarlik yo‘li bilan talon-toroj qilish maqsadida, 57 yoshli K.G. va 53 yoshli Yu.B.,larnining ishonchiga kirib, ularga arzon narxlarda maishiy texnika olib berishini vaʼda qilib, ularning plastik kartalarida mavjud bo‘lgan jami 33.000.000 so‘m pullarni plastik kartochkalari bilan birga olib, pul mablag‘larini o‘zining ehtiyojlariga ishlatib yuborgan.

Bundan tashqari, S.N. o‘zining jinoiy yo‘l bilan daromad olishdan iborat bo‘lgan rejasini davom etirib, 31 yoshli R.E.,ning ishonchiga kirib, uning plastik kartochkasida bo‘lgan 42.200.000 so‘m pullarini, naqd pullarga almashtirib berishini aytib, plastik kartasini olib o‘zining ehtiyojlariga ishlatib yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Nurafshon shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “B” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, S.N.ga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari davom etmoqda.

 

Muallif: Angren shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tergovchisi

katta leytenant Abdumalik Avalbekov

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech