O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Giyohvandlik vositalariga qarshi kurash

2018 yil 8 dekabr kuni ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o'tkazilgan «Qoradori-2018» keng qamrovli tezkor tadbiri davomida, Namangan viloyat Namangan shahri hududida fuqaro S.A. noqonuniy ashyolarni saqlaganlikda gumon qilinib to'xtatilgan vaqtda, u yonida og'irligi 2,45 gr.ga teng «marixuana» giyohvandlik vositasini o’tkazish maqsadini ko’zlamay, qonunga xilof ravishda saqlaganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o’tkazish maqsadini ko’zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech