O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Giyohvandlik vositalariga qarshi kurash

2019 yil 8 avgust kuni ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o'tkazilgan “Qoradori-2019” tadbiri davomida Andijon viloyati Shahrixon tumanida yashovchi fuqaro A.F. yashash uyi tomorqasida tarkibida giyohvandlik vositasi bo’lgan 6 tup “kannabis” o’simligini parvarishlab kelayotganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Shahrixon tuman IIB huzuridagi Tergov bo’limi tomonidan A.F.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha olib borilgan surishtiruv davrida A.F.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan ayblov e’lon qilinib, “munosib xulq-atvorda bo’lish haqidagi tilxat” ehtiyot chorasi tanlangan va surishtiruv ayblov dalolatnomasini tuzish bilan tamomlanib, jinoyat ishi sud muhokamasiga yuborilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Shahrixon tuman sudining 11.09.2019 yildagi hukmiga ko‘ra, fuqaro A.F. Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga nisbatan har oylik ish haqining 20 foizini davlat daromadiga ushlab qolgan holda 2 yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech