O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Bor budini talab qilib jabrlanuvchiga pichoq tirashdi

Toshkent shahar. Joriy yilning 2 aprel kuni Mirzo Ulug‘bek tumani Osiyo ko‘chasidagi uylarning birida vaqtinchalik yashovchi 23 yoshli A.O. tuman IIO FMB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilib, unda 2022 yil 1 aprel kuni soat 16:00 larda nomaʼlum shaxslar uni Mirzo Ulug‘bek tumani Sayram ko‘chasida joylashgan xonadonga olib kirishib, unga nisbatan sovuq qirol ishlatib, narxi 1.200.000 so‘mlik “Samsung galaxy A30” rusumli telefon apparatini, narxi 300.000 so‘mlik bir juft quloqchin va 15.000 so‘m naqd pullarini zo‘rlik ishlatib olib qo‘yishganligini maʼlum qilib, ushbu nomaʼlum shaxslarga qonuniy chora ko‘rishni va ular tomonidan olib ketilgan narsalarni topishda amaliy yordam berishni so‘ragan.

Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida mazkur jinoyat Sirdaryo viloyatida doimiy ro‘yxatda turib, vaqtinchalik Mirzo Ulug‘bek tumani Sayram ko‘chasida joylashgan xonadonda yashovchi 19 yoshli E.K., 20 yoshli E.O., 18 yoshli M.S. va K.E.lar tomonidan sodir etilganligi aniqlanib, ulardan jabrlanuvchiga tegishli bo‘lgan “Samsung galaxy A30” rusumli telefon apparati hamda 1 dona oshxona pichog‘i va 1 dona cho‘ntak pichog‘i (babochka) ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan yuqoridagi shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 164-moddasi 2-qismi “a,b” bandi (bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ularga nisbatan “qamoqqa olish” tarzdagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda yuqoridagi shaxslar nima sababdan ushbu jinoyatga qo‘l urganliklari aniqlanmoqda.

Tergov harakatlari davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech