O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

«Bola - odobi bilan aziz» yoxud ikki o‘smirning jinoiy harakatlari

Andijon viloyati. 2020 yil 2 dekabr kuni soat 18:00 larda 16 yoshli Asilbek A. o‘zining jinoiy      sherigi 16 yoshli Paxlavon A., bilan o‘zaro jinoiy til biriktirib, bir guruh bo‘lib, Asaka tumani Shodlik MFY hududida 23 yoshli Xasanboy S., ni urib yerga yiqitib, cho‘ntagidan unga tegishli bo‘lgan narxi 1.000.000 so‘mlik “LG” rusumli uyali telefon apparatini ochiqdan-ochiq talon taroj qilib, hodisa joyidan qochib yashiringanlar.

Mazkur holat yuzasidan Asaka tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan voyaga yetmagan  Asilbek A. hamda Paxlavon A., larga nisbatan JKning 166-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi yuzasidan voyaga yetmaganlar gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinib, himoyachi hamda qonuniy vakil ishtirokida so‘roq qilingan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida Axmad M.dan “LG” rusumli uyali telefon apparati xolislar ishtirokida bayonnoma orqali rasmiylashtirib olingan hamda jinoyat ishiga ashyoviy dalil tariqasida birlashtirilgan.

Hozirda mazkur jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, qonunbuzar o‘smirlar protsessual tartibda ushlangan.

 

Andijon viloyati IIB

huzuridagi Tergov boshqarmasi

katta tergovchisi M.Soliyev

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech