Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазирлиги ҳузуридаги Тергов департаменти
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

AYOQSHdagi yong‘in natijasida payvandchi vafot etdi

Surxondaryo viloyati. 2021 yilning 04 may kuni soat 09:30 da Sho‘rchi tumani “Ozod” mahallasi hududida joylashgan MCHJga qarashli qurilishi tugallanmagan AYOQSH binosida payvandlash ishlarini olib borayotgan 52 yoshli A.Abdunazar shaxobcha hovlisida joylashgan 20-25 tonnalik (25 m3 hajmdagi) benzin va dizel yoqilg‘isini saqlash uchun mo‘ljallangan sisterna ustiga bir o‘zi payvandlash uskunasini olib chiqib, payvandlash ishlarini boshlagan vaqtida sisterna ichida yig‘ilib qolgan gaz va havo aralashmasidan chaqnash sodir bo‘lganligi natijasida yong‘in kelib chiqqan. Ushbu yong‘in oqibatida A.Abdunazar “butun tanasining 90-95% termik kuyishi” tashxisi bilan tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Sho‘rchi tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan MCHJ rahbari 45 yoshli I.Nuriddinga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 257-moddasi 2-qismi “a” bandi (Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish, odam o‘limiga sabab bo‘lsa)  bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech