O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Dalmun qishlog‘idan olib qochilgan avtomobil o‘z egasiga qaytarildi

Buxoro viloyati. 2021 yilning 19 may kuni soat 01:00 larda “102” qisqa raqamiga fuqaro R.Hasan qo‘ng‘iroq qilib, shu kuni soat 00:30 larda Jondor tumani Dalmun qishlog‘ida joylashgan yashash xonadoni darvozaxonasi oldida turgan “Spark” rusumli avtomashinasini nomaʼlum shaxs olib qochib ketganligini maʼlum qilgan. 

Ushbu avtomashinani qidirib topish maqsadida, viloyat miqyosida «To‘sib ushlash» tadbiri eʼlon qilinib, barcha YPX maskanlariga, YHXB xodimlariga bu haqda xabar berilgan. Natijada R.Xasanga tegishli avtomashina Jondor tumani Oqrabot qishlog‘ida yashovchi 25 yoshli B.Ro‘zi tomonidan olib qochilganligi aniqlanib, avtomashina Beklar qishlog‘i hududidan topilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jondor tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, B.Ro‘zi protsessual tartibda ushlangan.

Hozirda jinoyatning kelib chiqish sabablari o‘rganilmoqda.

Tergov davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, yuqorida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etganlik uchun Jinoyat kodeksida 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq jazo qo‘llanilishi belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech