O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

 Sevaraga omonat qoldirilgan avtoulov

Toshkent viloyati. 2021 yilning 10 may kuni J. Azamat “102” qisqa raqamiga bergan xabariga ko‘ra, shu kuni soat 15:00 larda Oqqo‘rg‘on tumani Mustaqillik ko‘chasida joylashgan “Avto sug‘urta” binosiga  tanishi 33 yoshli A. Azamga tegishli “Lasetti” rusumli avtomashinasida "Sevara" ismli qiz bilan kelib, sug‘urta polisini yangilash maqsadida avtomashinasini qarovsiz, eshiklari ochiq holatda "Sevara" ga tashlab binoga kirib ketganliklarini,  qaytib chiqqanlarida esa avtomashinasi joyida yo‘q bo‘lib,  nomaʼlum shaxs olib qochganligidan xabar topganliklarini maʼlum qilgan.

Tezkor qidiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni 21 yoshli B.Sevara sodir etganligi aniqlanib, avtomashinani Totuvli mahallasi hududida boshqarib ketayotgan vaqtida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Oqqo‘rg‘on tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan B.Sevaraga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech