O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Avtomashinalarni olib qochishni "xobbi"ga aylantirgan yigitcha

Surxondaryo viloyati. 2022 yil 26 iyul kuni soat 10:50 da Jarqo‘rg‘on tumani “Nurli diyor” mahallasida yashovchi 24 yoshli M.M., viloyat IIBning 102 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, unda shu kuni soat 10:20 da Jarqo‘rg‘on tumanida joylashgan Dehqon bozorining oldiga o‘ziga tegishli bo‘lgan “Nexia-3” rusumli avtomashinasida kelib, avtomashinasining eshiklarini ochiq holda qoldirib, uzi ish bilan bozorga kirib ketganligidan foydalangan nomaʼlum shaxs, “start stop” tugmasi orqali avtomashinani o‘t oldirib, olib qochib ketganligini maʼlum qilib, ushbu shaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni va avtomashinasini topishda amaliy yordam berishni so‘ragan.

Mazkur holat yuzasidan viloyat YHXB tomonidan eʼlon qilingan to‘sib ushlash tadbiri jarayonida, M-41 avtomobil yo‘lining Qumqo‘rg‘on tumani “Jarqishloq” mahallasi hududidan o‘tuvchi Viloyat YHXB inspektorlari tomonidan jabrlanuvchiga tegishli bo‘lgan “Nexia-3” rusumli avtomashinasini Denov tumani “Yulduzli” ko‘chasi 26-uyda istiqomat qiluvchi muqaddam ushbu turdagi jinoyatni sodir etganligi uchun javobgarlikka tortilgan 18 yoshli S.M. tomonidan olib qochib ketayotganligi aniqlanib, to‘sib ushlash yo‘li bilan ushlanib, ushbu avtomashina ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Surxondaryo viloyati Denov tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan S.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 267-moddasi 2-qismi “g” bandi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlangan.

Hozirda yuqoridagi shaxs nima sababdan ushbu jinoyatga qo‘l urganligi aniqlanmoqda.

Tergov harakatlari davom etmoqda.

Muallif: Tergov departamenti O‘MIB tergovchisi

mayor T. Elbekov

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech