O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Avtomashinada qariyb 200 grammga teng bo‘lgan giyohvandlik vositasini aniqlandi

Toshkent shahar. 2023 yil 22 may kuni soat 22:30 larda Yangihayot tumanida joylashgan “Yangihayot” blok postida xizmat olib borayotgan xodimlar tomonidan 35 yoshli Sh.I.ning boshqaruvida bo‘lgan “NEXIA-3” rusumli transport vositasi to‘xtatilib, xolislar ishtirokida avtomashina ko‘zdan kechirilgan vaqtda, old yo‘lovchi o‘rindig‘i qoplamasi ortida buyumlarni saqlash uchun ixtisoslashgan cho‘ntagining ichki qismidan jigarrang modda borligini aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.

Sud-kimyoviy ekspertiza xulosasida, Sh.I.dan olingan jigarrang o‘tkir hidli, mumsimon modda faol giyohvand moddasi hisoblanishi va bu modda “gashish” giyohvandlik vositasi turiga kirib, uning sof og‘irligi 190,55 grammga teng ekanligi ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Yangihayot tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Sh.I.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 276-moddasi 2-qismi “a” bandi (Giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchi protsessual tartibda ushlangan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Taʼkidlash joizki, bu turdagi jinoyatlar uchun Jinoyat kodeksining normalariga ko‘ra, 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanadi.

Muallif: Muborak tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi

tergovchisi mayor F.Saloxov

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech