O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Andijonda talonchilikni kasb qilgan guruh qo‘lga olindi

Andijon viloyati. 2021-yil 03-yanvar kuni soat 20:00 larda Qorasuv shahri Gulchilar ko‘chasida yashovchi 32 yoshli I.U. Andijon viloyati IIBning “102” qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, 19:30 larda Qo‘rg‘ontepa tumani Yangi hayot MFYda joylashgan savdo do‘konida o‘tirgan vaqtida oldiga notanish bo‘lgan fuqaro kelib, uyali aloqa vositasini foydalanib olish maqsadida so‘rab uni “SAMSUNG 21 S” rusumli telefon apparatini olib, tashqariga chiqib avtomashinaga o‘tirib ketib qolganligi sababli ushbu shaxsni topishda va uyali aloqa vositasini qaytarib olishida amaliy yordam berishlikni so‘ragan.

Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida hamda video kuzatuv kameralar yordamida ushbu jinoyatni 18 yoshli I.U., 22 yoshli M.A. va 17 yoshli I.S.,lar sodir etganliklari aniqlanib, ular protsessual tartibda ushlanganlar.

Mazkur holatlar yuzasidan M.S., M.A., va I.S.,larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “a” bandi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Bundan tashqari, tergov davomida ushbu shaxslar o‘zlarining jinoiy harakatlarini davom ettirib, shu kuni soat 19:50 larda Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumani Xikmat ko‘chasida yashovchi Yu.F.,ga tegishli bo‘lgan narxi 1.000.000 so‘mlik “Mi NOTE 5” rusumli uyali aloqa vositasini Jalaquduq tumanida go‘yoki foydalanish maqsadida olishib, foydalanib bo‘lganidan so‘ng qaytarib bermasdan ochiqdan-ochiq talon-taroj qilib, hodisa joyidan yashirinishganligi aniqlangan.

Hozirda I.U. va M.A., larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 3-qismi “a” bandi va 127-modda 3-qismi (voyaga yetmagan shaxsni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish) bilan ayb eʼlon qilinib “qamoq”, voyaga yetmagan I.S.,ga esa O‘zbekiston Respublikasi JKning 166-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan ayb eʼlon qilinib, “o‘y qamog‘i” ehtiyot chorasi ko‘llanilgan.

Dastlabki tergov davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech