O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Mastlik jinoyatga yetakladi

2018 yil 21 oktyabr kuni soat taxminan 17:00da, mast holatda bo’lgan fuqaro A.O. Samarqand viloyati Samarqand tumani hududida fuqaro M.R. bilan o'rtalarida kelib chiqqan o’zaro janjal oqibatida, uning yuz qismiga qo’li bilan urib, og'ir tan jarohati yetkazgan. Natijada M.R. kasalxonaga yotqizilgan. A.O. ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech