O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Haydovchi talonchilik jinoyatini sodir etib jabrlanuvchini yo‘l chetida tashlab ketdi

Toshkent viloyati. 2021 yil 2 avgust kuni soat 23:05 larda 28 yoshli S.T. Toshkent shahrida o‘zining boshqaruvida bo‘lgan “Damas” rusumli avtomashinasiga yo‘lovchi sifatida 19 yoshli Sh.A., ni o‘tkazib, Olmaliq shahriga olib borib qo‘yishni kelishib, Ohangaron tumani Yangihayot mahallasi hududiga yetib kelgan vaqtida,  talonchilik yo‘li bilan Sh.A. ga tegishli bo‘lgan “RedMI” rusumli telefon apparatini ochiqdan-ochiq olib qo‘yib, yo‘lovchi  qizni ushbu hududda qoldirib hodisa joyidan yashiringan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv harakatlari natijasida, S.T., ning shaxsi aniqlanib, undan bir dona RedMI rusumli telefon apparati  ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Jabrlanuvchining arizasiga asosan Ohangaron tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan S.T., ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 166-moddasi 2-qismi “a” bandi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Muallif: Angren shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tergovchisi

katta leytenant Abdumalik Avalbekov

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech