O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Ayol ashyoviy dalillardan qutulish niyatida ularni yoqib yubordi

Farg‘ona viloyati. 2022 yil 26 aprel kuni soat 17:00 da Qo‘qon shahar IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida Qo‘qon shahar Muqimiy shaharchasida joylashgan ko‘p qavatli uylarning yonida, muqaddam sudlangan 38 yoshli S.O. (ayol) tadbirga shartli xaridor sifatida jalb qilingan fuqaroga 2 dona kassetadagi 13 dona “Tramadol Lannaxer” nomli tabletkalarni, 3 dona “ilko Regapen 300 mg Pregabalin” yozuvli kapsulalar va bir dona flakondagi “Tropikamid” nomli moddalarni 500.000 so‘m evaziga qonunga xilof ravishda sotganida, tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlanib, tadbirga jalb qilingan fuqarodan 13 dona “Tramadol Lannaxer” tabletkalari, 3 dona “ilko Regapen 300 mg Pregabalin” kapsulalari va 1 dona flakondagi “Tropikamid” moddalari ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Shundan so‘ng, tezkor tadbir davom ettirilib fuqaro S.O.,ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, xonadonidagi gaz plitasida bir qismi yonib ketgan tadbir uchun ishlatilgan 10 dona 50 000 so‘mlik pullarning parchalari, 4 dona flakonda “Tropikamid” va 6 dona kapsulalarda “ilko Regapen 300 mg Pregabalin” moddalari borligi aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Qo‘qon shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan S.O.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 273-moddasi 5-qismi (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda sotish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan.

Hozirda tergov davom etmoqda.

Muallif: Tergov departamenti UMIB tergovchisi

podpolkovnik S.S. Shirbacheyev

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech