O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Qadr-qimmat 1.000 AQSH dollarga baholandi

Surxondaryo viloyati. Sho‘rchi tumani “Kakan” mahallasida yashovchi 40 yoshli X.A. tuman IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilib, unda 2022 yil 27 fevral kuni Sho‘rchi tumanida yashovchi 33 yoshli X.M. unga tegishli sir saqlanishi lozim bo‘lgan video tasviri borligini aytib, uni qo‘rqitib videolarni internet ijtimoiy tarmog‘iga tarqatib yubormaslik evaziga undan 1.000 AQSH dollari pul mablag‘i talab qilib kelganligi uchun unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishlikni so‘ragan.

Mazkur ariza yuzasidan joriy yilning 27 fevral kuni soat 22:00 larda IIB xodimlari tomonidan Sho‘rchi tumani “Bobur” mahallasi hududida joylashgan “Bobotog‘ go‘sht markazi” nomli oshxonada o‘tkazilgan tezkor-tadbir davomida, X.M. arizachidan sir saqlanishi lozim bo‘lgan videotasvirni internet ijtimoiy tarmog‘iga oshkor qilmasligi evaziga talab qilib kelayotgan 1.000 AQSH dollari pullaridan 500 AQSH dollarini olayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan Sho‘rchi tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan X.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech