O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Haqorat uchun og‘ir tan jarohati yetkazgan shaxslar qonun oldida javob berishdi

2019 yilning 12 aprel kuni soat taxminan 11:00 da, fuqaro Z.O. tanishi U.U. bilan birgalikda fuqaro V.I.ni o‘zining boshqaruvidagi “Matiz” rusumli avtomashinaga mindirib, Termiz tuman, “Yangi hayot” mahallasi hududiga olib borib, uning tanasini turli joylariga qo‘llari bilan urib, tan jarohatlari yetkazishgan. Natijada V.I. Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Surxondaryo viloyat filialiga yotqizilgan.

Sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, fuqaro V.I.ning tanasidagi jarohatlar hayot uchun xavfli bo‘lgan “OG‘IR” tan jarohatlari guruhiga kirishi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Termiz shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan fuqaro Z.O.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasining 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha olib borilgan dastlabki tergov davrida Z.O. va U.U.lar V.I.ni urib, tan jarohati yetkazishlariga V.I. Z.O.ning sha’riy nikohdagi turmush o‘rtog‘i Sh.N.ni haqorat qilganligi sabab bo‘lgani aniqlanib, Z.O. va U.U.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi «k» bandi bilan ayblov e’lon qilinib, “garov” ehtiyot chorasi tanlangan hamda dastlabki tergov ayblov xulosasini tuzish bilan tamomlanib, jinoyat ishi sud muhokamasiga yuborilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz shahar sudining 12.09.2019 yildagi hukmiga ko‘ra, fuqaro Z.O. va U.U.lar Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi «k» bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, Z.O.ga nisbatan 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish va U.U.ga nisbatan 5 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech