O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

63 yoshli fuqaro talonchilardan birini ushlab IIBga olib bordi

Toshkent shahri. 2021 yilning 4 iyul kuni soat 15:00 larda nomaʼlum shaxslar 63 yoshli X.Maxamadjonning boshqaruvidagi “Spark” avtomashinasiga Mirobod tumani Farg‘ona yo‘li ko‘chasida yo‘lovchi tariqasida o‘tirib, undan Bektemir tumani “AbayMFYda joylashgan “Armada biznes” MCHJ binosi qarshisiga olib borib qo‘yishini so‘rab, aytilgan manzilga yetib kelganlaridan so‘ng, avtomashina salon qismidagi “bar” ichida turgan narxi 300.000 so‘mlik “Samsung-2” rusumli telefon apparati, haydovchilik va nafaqa guvohnomalari hamda avtomashinaning texnik hujjatlarini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilib, avtomashinadan tushib hodisa joyidan yashirinmoqchi bo‘lganlarida X.Maxamadjon ulardan birini ushlab, IIBga topshirgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni 36 yoshli X.Rufadjon, 36 yoshli B.Nuriddinlar sodir etganliklari aniqlanib, ulardan X.Maxamadjonga tegishli telefon apparati va hujjatlar ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech