O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

3 mln. so‘mga baholangan haydovchilik guvohnomasi

Jizzax viloyati. Joriy yilning 28 aprel kuni 21 yoshli Yu.J. viloyat Ichki ishlar bo‘limiga ariza bilan murojaat qilib, unda oldindan tanish bo‘lgan 25 yoshli R.M. haydovchilik guvohnomasi o‘g‘irlanmagan bo‘lsa-da, “haydovchilik guvohnomamni sheriklaring o‘g‘irlab olgan” - deb aytib, go‘yoki uni o‘g‘irlanganligi bo‘yicha IIBga ariza bilan murojaat qilib, shu orqali ota-onasini ichki ishlar idorasiga chaqirtirib, ularni oldida sharmandasini chiqarishligini, yengil tabiatli ayollar bilan bog‘liq munosabatlari, ularga pul sarflayotganligi to‘g‘risida ota-onasiga xabar qilishini ro‘kach qilib, Yu.J. uchun sir saqlanishi lozim bo‘lgan shaxsiy maʼlumotlarni oshkor qilish bilan uni qo‘rqitib, undan tovlamachilik yo‘li bilan 3.000.000 so‘m miqdoridagi pullarni berishga majbur qilayotganligi uchun unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Mazkur ariza yuzasidan o‘tkazilgan tezkor-tadbir davomida, yuqoridagi shaxs Jizzax shahar Sayiljoyi MFY hududida joylashgan “SIMPLE” kafesi yaqinida arizachidan talab qilingan 3.000.000 so‘m pullarni olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jizzax shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan R.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 165-moddasi 1-qismi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Taʼkidlash joizki, Jinoyat kodeksining normalariga ko‘ra, jinoyatni sodir etgan shaxs 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan bilan jazolanishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech