O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

200 mln. so‘mlik tilla-taqinchoqlarini yashirin o‘margan shaxslar tez fursatda qo‘lga olindi

Samarqand viloyati. 2023 yil 26 yanvar kuni Samarqand shahri Zarmetan ko‘chasida yashovchi 22 yoshli N.X. Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMBga ariza bilan murojaat qilib, unda joriy yilning 25 yanvar kuni soat 14:00da uning yashash uyiga eshik ochiq qolganligidan foydalanib, erkin yo‘l bilan kirib, mehmonxonasidagi shkafni ustida turgan 25-30 turdagi, bahosi 200.000.000 so‘mlik tilla-taqinchoqlarini yashirin ravishda o‘g‘irlab ketgan nomaʼlum shaxsni topishni, unga qonuniy chora ko‘rishni va yetkazilgan zararni undirib amaliy yordam berishni so‘ragan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan nomaʼlum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 169-moddasi 4-qismi “a” bandi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tergov-tezkor harakatlar natijasida mazkur jinoyatni 23 yoshli X.A va voyaga yetmagan 16 yoshli T.D.lar sodir qilganliklari aniqlanib, ulardan 3.950.000 so‘m pullar, 3 dona ayollar zanjiri, 3 dona uzuk, 2 juft zirak va 1 dona erkaklar soati ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Jinoyatni sodir etgan ushbu shaxslarga nisbatan, JKning 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan ayblov eʼlon qilinib, voyaga yetmagan T.D.ga “uy qamog‘i” X.A.ga esa “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech