O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Uyga kirib 15 yoshli bolaga nisbatan bosqinchilik sodir etgan shaxs ushlandi

Andijon. 2020 yilning 04 noyabr kuni soat 18:45 da 2 nafar nomaʼlum shaxslar o‘zganing mol-mulkini bosqinchilik yo‘li bilan qo‘lga kiritish maqsadida oldindan til biriktirib, Izboskan tumani Shinam ko‘chasidagi uylarning biriga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, voyaga yetmagan 15 yoshli N.A.,ga hujum qilib, yog‘och bo‘lagi bilan uning boshiga urib, qo‘l-oyoqlarini mato bilan bog‘lab, yotoqxonada bo‘lgan sandiq ichidan 10 mln. so‘m pullarni talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringanlar.    

Hodisa joyini ko‘zdan kechirish davomida 4 dona qo‘l barmoq izlari olinib, sudga oid daktiloskopik ekspertiza hamda voyaga yetmagan N.A.,ni olgan tan jarohatini og‘irlik darajasini aniqlash maqsadida, sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv harakatlari davomida, mazkur jinoyatni 22 yoshli I.G‘., o‘zining tergov jarayonida shaxsini aniqlashni imkoni bo‘lmagan nomaʼlum sherigi bilan sodir etganligi aniqlandi.  Mazkur holat yuzasidan I.G‘.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi 3-qismi “v” bandi (takroran, xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Hozirda mazkur jinoyat ishi bo‘yicha I.G‘.,ning jinoiy sherigini aniqlashga qaratilgan tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

 O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech