O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Spark avtomashinasi beton toʼsiqqa urilishi oqibatida ikki nafar shaxs vafot etdi.

2019 yil 15 noyabr kuni soat 12:30 da 61 yoshli M.T. boshqaruvidagi “Spark” rusumli avtomashinasida Toshkent-Oʼsh avtomobil yoʼli boʼylab Аndijon shahridan Qoʼqon shahriga ketayotgan vaqtida, Uchkoʼprik tumani Mehnatobod qishlogʼi hududida ehtiyotsizligi tufayli boshqaruvni yoʼqotib, yoʼlning oʼrtasidagi ikki tomonlama harakatlanish yoʼnalishini ajratuvchi beton toʼsiqqa urilib, yoʼl-transport hodisasi sodir etgan.

Oqibatda yoʼlovchi 64 yoshli O.T. (ayol) hodisa joyida, 61 yoshli M.T. (ayol) esa Uchkoʼprik tuman TTY jonlantirish boʼlimida koʼrsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro M.T.ga nisbatan Uchkoʼprik tumani IIB huzuridagi tergov boʼlimi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar oʼlimiga olib kelgan, transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.

Hozirda ushbu jinoyat ishi boʼyicha dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda va natijasiga koʼra qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi.

Yoʼl harakatlari qatnashchilari! Sizlardan belgilangan yoʼl harakati qoidalariga amal qilib yurishingizni soʼraymiz, oʼzingiz va atrofingizdagilarni hayotiga befarq boʼlmang, zero bir soniyalik befarqlik ayanchli oqibatlarga olib kelishi mumkin.

 Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech