O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

-5000 AQSH dollari bermasang hamma biladi...

Qashqadaryo viloyati. 2021 yil 20 dekabr kuni Qarshi shahar IIO FMB boshlig‘i nomiga 23 yoshli B.M. ariza bilan murojaat qilib, unda sobiq turmush o‘rtog‘i 24 yoshli Y.F. uning shaxsiga oid maʼlumotlarni va uning ekspertiza hujjatlarini o‘qish va ish joyi hamda boshqa ijtimoiy tarmoqlarga tarqatib yuborish bilan qo‘rqitib, ushbu maʼlumotlarni oshkor qilmaslik evaziga 5000 AQSH dollar pul mablag‘larini talab qilib kelayotganligini maʼlum qilib, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Y.F. Qarshi shahridagi “Yashil bozor” savdo do‘koni yonida fuqaro B.M.,dan talab qilgan 5000 AQSH dollaridan maxsus kimyoviy ishlov berilgan 2500 AQSH dollarini olgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlanib, pul mablag‘lari ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Y.F.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, u gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.

Jinoyat ishi doirasida jinoyatning kelib chiqish sabablari sinchkovlik bilan o‘rganilib, tergov yakuniga ko‘ra qonuniy baho berilishi taʼminlanadi.

Hozirda tergov davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech