O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

2 milliard pullarni o‘g‘irlagan jinoiy guruhga hukm o‘qildi

Toshkent shahri Yashnobod tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi (o‘g‘rilik) bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi yuzasidan olib borilgan tergov harakatlari davomida, Yashnobod tumanida joylashgan MCHJda haydovchi bo‘lib ishlovchi 28 yoshli Baxtiyorjon Q., dalolatchi sifatida 28 yoshli Baxtiyor Z., 29 yoshli Shuhrat I., 25 yoshli Sherzod M., 26 yoshli Sardor T., 23 yoshli Farrux M., larni o‘g‘rilik jinoyatini sodir etishga qiziqtirib, birgalikda oldindan jinoiy reja tuzib, 2020 yil 15 avgust kunidan 16 avgust kuniga o‘tar kechasi qo‘llariga qo‘lqop kiygan holda Yashnobod tumanida joylashgan MCHJga oq rangli davlat raqamlari yechib olingan “Lacetti” rusumli avtomashinada kelib, MCHJning g‘aznaxonasiga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, temir panjaralarni temir kesish uskunasida kesib, jami 2.341.996.803 so‘m va 25.000 AQSH dollar pul mablag‘larini o‘g‘irlab, ushbu pullarni o‘zlari kelgan “Lasetti” rusumli avtomashinaning yukxonasiga joylaganliklari, so‘ng Bo‘stonliq tumanida joylashgan “dachalardan birini ijaraga olib, 18 avgust kuni tungi soat 01:00da dam olish maqsadida ushbu “dachaga Toshkent shahridan chiqib ketayotganlarida ularning yo‘lini IIB xodimlari to‘sib qo‘lga olinganliklari maʼlum bo‘lgan.       

Jinoyat ishi doirasida ushbu o‘g‘rilik jinoyatini sodir qilgan shaxslar muqaddam bir necha marotaba sudlanganliklari aniqlanib, yetkazilgan moddiy zarardan 1.797.618.000 so‘m, 23.763 AQSH dollari pul mablag‘lari jabrlanuvchiga qaytarilib, ularga nisbatan bo‘lgan jinoyat ishi tegishli tartibda ayblov xulosasi bilan tegishli sudga yuborilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tumani sudining hukmiga ko‘ra, Baxtiyor Zakirov, Shuhrat Irgashev, Sherzod Mirxojiyev, Farrux Maxamadjanovlarga 10 yil, Baxtiyorjon Qulmahmadovga 8 yil, Sardor Toshboyevga 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan hamda jinoyat sodir qilingan “Lasetti” rusumli avtotransport vositasi qonuniy egasiga qaytarilgan.

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech