O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

O‘zbekistonning huquqni muhofaza qiluvchi organlari vakillaridan iborat delegatsiya Indoneziyaning Semarang shahrida tashkil etilgan forumda ishtirok etishdi

Joriy yilning 15-20 yanvar kunlari Jakarta huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlik markazi (JCLEC) tomonidan Indoneziya davlatining Semarang shahrida “Terrorizm bilan bog‘liq jinoyatlarni tergov qilish” mavzusida mintaqaviy forum bo‘lib o‘tdi.

Mazkur forumda O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi bilan bir qatorda Tojikiston, Pokiston, Bangladesh, Filippin, Malayziya, Singapur va Indoneziya davlatlarining huquq tartibot idoralari xodimlari hamda xalqaro ekspertlar ishtirok etishdi.

Forum ishtirokchilari o‘zlarining mamlakatlarida yaratilgan terrorizmga qarshi kurashish modellari hamda ilg‘or tajribalarini namoyish etib, o‘zaro tajriba almashdilar. Xususan, O‘zbekiston delegatsiyasidan Tergov departamenti katta tergovchisi Adxamjon Abdullayev so‘zga chiqib, forum ishtirokchilariga O‘zbekistonning mazkur yo‘nalishda erishilgan yutuqlarini bayon etdi.

Tashrif chog‘ida, forumga ekspert guruhi sifatida taklif etilgan Buyuk Britaniya huquqni muhofaza qilish idoralari vakillari, Qirollikda terrorizmga qarshi kurashish yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar, erishilgan yutuqlar bilan o‘rtoqlashdilar.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech