O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

O‘zbekiston huquq tartibot idoralari xodimlari Qozog‘istonda o‘tkazilgan forumda ishtirok etdi

Joriy yilning 18-21 iyul kunlari Jinoiy daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha Yevroosiyo guruhi tomonidan Qozog‘iston Respublikasining Nur-Sulton shahrida o‘tkazilgan xalqaro forumda O‘zbekiston Respublikasi huquq tartibod idoralari xodimlari ishtirok etdi.

Mazkur forumning asosiy mavzusi “Jinoiy yo‘l bilan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmga qarshi kurashish” bo‘lib, unda O‘zbekiston Respublikasi bilan bir qatorda Rossiya Federatsiyasi, Xitoy, Mongoliya Xalq Respublikalari, Italiya, Belarus, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Hindiston, Tojikiston va Qozog‘iston Respublikasi huquq tartibot idoralari xodimlari ishtirok etdi. 

Forumda ishtirokchilar jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishga oid jinoyatlarning oldini olish, ularni aniqlash, tergov qilish va odil sudlovni amalga oshirishda yuzaga kelayotgan muammolar hamda ularni bartaraf etish yuzasidan o‘zaro tajriba almashdi.

Shuningdek, forumda Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti xodimlari jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish bilan bog‘liq jinoyatlarni aniqlash va tergov qilish bo‘yicha maʼruza bilan ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech