O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Ichki ishlar vazirligi xodimlari Koreya Respublikasining Seul shahrida bo‘lib o‘tgan Kiberfiribgarlikka qarshi kurash bo‘yicha 1-Xalqaro konferensiyada ishtirok etdilar

Joriy yilning 13-14 noyabr kunlari Koreya Milliy politsiya agentligida kiberfiribgarlikka qarshi kurash bo‘yicha 1-Xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Unda dunyoning 18 davlatidan, jumladan AQSH, Buyuk Britaniya, Saudiya Arabistoni, Singapur, Avstraliya va O‘zbekistondan tashrif buyurgan huquq-tartibot idoralari, taʼlim muassasalari va xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar.

Mazkur xalqaro konferensiyaning o‘tkazilishi butun dunyo huquq-tartibot idoralarida kiberfiribgarlik bilan bog‘liq jinoyatlarning dolzarbligidan dalolat beradi. Tashkil etilgan Xalqaro alyans orqali ushbu turdagi jinoyatlarga o‘z vaqtida taʼsir ko‘rsatish uchun xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish zarurligi haqida fikr bildirildi.

Xalqaro konferensiyaning kun tartibida "Transchegaraviy firibgarlik - eski o‘yinning yangi qoidalari" mavzusi keng muhokama qilinib, ishtirokchi davlatlarda kiberfiribgarlik jinoyatlariga qarshi kurashning hozirgi holati, amalga oshirilayotgan ishlar, akademik va professional xususiy sektorlarning harakatlari hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida fikr almashildi.

Tadbir yakunida kiberfiribgarlikka qarshi kurash bo‘yicha xalqaro alyans tuzish haqida qaror qabul qilindi.

Muallif: Tergov departamenti O‘MIB tergovchisi

mayor E.A. Axmadaliyev

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech