O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

O‘zbekiston Respublikasi IIV delegatsiyasining Vetnam Sotsialistik Respublikasiga tashrifi

Joriy yilning 23–28 sentyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi IIVning Toshkent shahar IIBB boshlig‘i o‘rinbosari, polkovnik Doniyor Toshxo‘jaev boshchiligidagi delegatsiyasi Vetnam Sotsialistik Respublikasida bo‘ldi.

 

Joriy yilning 23–28 sentyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi IIVning Toshkent shahar IIBB boshlig‘i o‘rinbosari, polkovnik Doniyor Toshxo‘jaev boshchiligidagi delegatsiyasi Vetnam Sotsialistik Respublikasida bo‘ldi.

Yurtimizda jamoat tartibini saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlar, jumladan, «Xavfsiz poytaxt» konsepsiyasi bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, xususan, jamoat tartibini saqlash kuchlarining deyarli etmish foizini kechki va tungi vaqtga jalb qilish orqali tashkil etilgan tunu kun uch smenali patrul rejimi vetnamlik hamkasblarda katta qiziqish uyg‘otdi. Huquqbuzarliklarning o‘z vaqtida oldini olish va ularni bartaraf etish maqsadida ichki ishlar organlari bo‘linmalari, birinchi galda, jamoat tartibini saqlash kuchlari patrul guruhlarining hodisa joyiga yoki tashvishli xabar kelgan joyga zudlik bilan etib kelishini ta’minlovchi mexanizm ham ularni bee’tibor qoldirmadi.

Shuningdek, mezbonlar mamlakatimizda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasida, jumladan, 2018–2022 yillarda O‘zbekiston Respublikasida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash konsepsiya­si doirasida olib borilayotgan ishlarni yuqori baholashdi. Jamoatchilik e’ti­borini yo‘llardagi xavfsizlik muammosiga qaratish, avtotransport vositalarisiz harakatlanish mumkin va zarur ekanini namoyish etish, yo‘l harakati ishtirokchilarini yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishga ommaviy da’vat etish maqsadida «Yo‘l harakati xavfsizligi kuni» va har oyda bir marta «Avtomobilsiz kun» aksiyasini o‘tkazish joriy qilingani o‘ta ahamiyatli ekani qayd etildi.

Uchrashuvlar davomida Vetnam Jamoat xavfsizligi vazirligi va uning bo‘linmalari faoliyati, jamoat tartibini saqlash sohasida olib borilayotgan islohotlar, shuningdek, jamoat xavfsizligi organlarining xizmatni o‘tash tartibi haqida batafsil ma’lumot taqdim etildi. Vetnamda jinoyatchilikning barcha ko‘rinishlariga qarshi kurashni amalga oshiruvchi Politsiya bosh boshqarmasi butun mamlakat hududida ichki ishlar organlari tarkibiy bo‘linmalariga boshchilik qiladi.

Uchrashuvlar chog‘ida vetnamlik hamkasblar O‘zbekiston Respublikasi IIV delegatsiyasi vakillarini Vetnam politsiyasini isloh etishning quyidagi asosiy yo‘nalishlari bilan tanishtirdi:

Birinchidan, Vetnam rahbariyati korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga alohida e’tibor qaratadi. So‘nggi yillar ichida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasiga oid turli darajadagi 90 ga yaqin qonun hujjatlari, jumladan, Jinoyat kodeksining yangi tahriri, «Korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish to‘g‘risida», «Davlat auditi to‘g‘risida», «Ins­peksiya to‘g‘risida», «SHikoyatlarni tartibga solish to‘g‘risida», «Pul o‘zlashtirishning oldini olish va unga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi qonunlar, 2020 yilgacha bo‘lgan davrga mo‘ljallangan Milliy korrupsiyaga qarshi strategiya va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilindi.

Bundan tashqari, 2017 yilda korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha samarali chora-tadbirlardan biri sifatida turli darajadagi davlat muassasalaridagi mingdan ortiq lavozimlar uchun daromad va chiqimlarni majburiy deklaratsiya qilish mexanizmi joriy etildi.

Ikkinchidan, ijobiy tajriba sifatida kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish mexanizmlari amalga tatbiq etildi. Vetnam internet shiddat bilan rivojlanib borayotgan 20ta davlatdan biri hisoblanadi. Ayni damda mamlakatda 64 million (aholining 69 foizi) internetdan foydalanuvchilar mavjud. Davlat, jamiyat va shaxsning o‘ta muhim manfaatlarini himoyalash maqsadida joriy yilning 19 iyunida 7 bob va 43 ta moddadan iborat, 2019 yilning 1 yanvaridan kuchga kirishi belgilangan «Kiberxavfsizlik to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi.

Kiberxavfsizlikni ta’minlash masalasi dolzarblik kasb etgani bois Jamoat xavfsizligi vazirligi tuzilmasida Kiberxavfsizlik va yuqori texnologiyalardan foydalangan holda jinoyatchilikka qarshi kurashish departamenti tashkil etildi. SHu yilning birinchi yarim yilligida Departament xodimlari tomonidan 4500 dan ortiq xakerlik harakatlari va internet orqali davlat axborot tizimlariga nisbatan 6,5 mingga yaqin virusli hujumning oldi olindi, aybdor shaxslarga nisbatan 500 ga yaqin jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Xavfsizlik organlari va politsiya mutaxassislarining axborot xavfsizligi sohasidagi tayyorgarligi maxsus yo‘nalishlarga ega bo‘lgan Xalq politsiya akademiyasida amalga oshiriladi.

Uchinchidan, 2015 yil 27 noyabr kuni Vetnamda 2019 yilning 1 yanvaridan kuchga kirishi nazarda tutilgan 3 qism, 26 bob va 426 ta moddadan iborat va yangi tahrirdagi Jinoyat kodeksi qabul qilindi.

Yаngi tahrirdagi Jinoyat kodeksiga jinoiy jazoning «ogohlantirish» kabi turi kiritildi. U arzimas jinoyat (davlatimiz qonunchiligida – jamiyat uchun katta xavf tug‘dirmagan jinoyat) sodir etgan shaxslarga nisbatan qo‘llanilishi mumkin. Jinoiy jazo qo‘llamagan holda, mahkumning jazosini engillatish holatlari va tuzalish imkoniyati mavjud (Vetnam JK 34-m.).

SHuningdek, yangi tahrirdagi Jinoyat kodeksida yuridik shaxslar uchun jinoiy javobgarlik belgilangan. YUridik shaxslarga nisbatan 5 turdagi jazo qo‘llaniladi: jarima (50 mln. dongdan kam bo‘lmagan miqdorda); faoliyatning tugatilishi (yuridik shaxslarning inson, tabiat, jamoat xavfsizligi va tartibiga zarar keltiruvchi bir yoki bir necha turdagi faoliyatini 6 oydan 3 yilgacha to‘xtatish); faoliyatni tugatish (yuridik shaxslarning odamlar hayoti va sog‘lig‘iga, tabiat, jamoat xavfsizligi va tartibiga zarar etkazuvchi, etkazilgan ziyon oqibatlarini bartaraf etishning iloji bo‘lmagan bir yoki bir necha turdagi faoliyatini yoinki butun boshli faoliyatini to‘xtatish); muayyan sohalarda faoliyat yuritishni taqiqlash (sud taqiq etilgan aniq sohalarni belgilab, 1 yildan 3 yilgacha muddat tayinlaydi); kapital jalb etishni taqiqlash (sud 1 yildan 3 yilgacha muddatga taqiq belgilaydi).

To‘rtinchidan, Vetnamda haydovchilik guvohnomasini olish uchun qat’iy talablar belgilangan: avtotransport vositalari xilini aniq chegaralash, shuningdek, har bir ruxsat turi uchun individual amal qilish muddati va yosh chegarasini belgilash imkonini beruvchi haydovchilik guvohnomalarining differensial tizimi (A1, A2, A3, A4, V1, V2, C, D, E, F va bosh­qalar) qo‘llaniladi, avtomobil boshqarish bo‘yicha haydovchilik guvohnomasini olish uchun 6 oydan kam bo‘lmagan muddatda o‘qish (mopedlardan tashqari, ular uchun guvohnoma olishning engillashgan tartibi (1 oydan kam muddatga) belgilangan), imtihon topshirish, shuningdek, transport solig‘ini to‘lash lozim.

Beshinchidan, sifatli pulli avtomobil magistral yo‘llarining mavjudligi xususiy inves­titsiyalarning jalb etilishi va davlat-xususiy sheriklik aloqalarining yo‘lga qo‘yilishi uchun mus­tahkam poydevordir. Vetnamda 2010–2020 yillarda yo‘l tarmoqlarini rivojlantirish strategiyasi va 2030 yilgacha rivojlanish istiqboli bilan pulli magistral yo‘llar tarmog‘i joriy etildi. Magistral yo‘llarning har 100 kilometrida to‘lov qabul qilish shoxobchalari tashkil etilgan.

Vetnamda qaysi viloyatligini inobatga olgan holda, pulli magistral yo‘llarda tezlik soatiga 50 km.dan 120 km.gacha etib belgilangan. Pulli yo‘llarda sifatli asfalt yotqizilgan, yo‘lning ikki chetida begonalarning kirishidan himoyalovchi to‘siqlar o‘rnatilgan, yoritish ustunlari, mototsikl va velosipedlar uchun alohida yo‘lak (magistral yo‘llar ular uchun bepul), haydovchilarga texnik yordam ko‘rsatish markazlari mavjud.

O'zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech