O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Navoiy viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi xodimlari yangi yil arafasida bolalar uyiga tashrif buyurdi

Joriy yilning 30 dekabr kuni Navoiy viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi rahbariyati va xodimlari Buxoro shahrida joylashgan 32-sonli mehribonlik uyiga tashrif buyurib, “Yangi yil” bayrami munosabati bilan tadbir tashkillashtirishdi.

Tashkil qilingan ushbu bayram tadbirida mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga Yangi yil qahramonlari Qorbobo, Qorqiz va boshqa ertaklardagi oʼrmon hayvonlari ishtirokida qiziqarli dasturlar taqdim qilinib, ularga sovgʼalar berildi.

Ichki ishlar idoralari xodimlarining bunday xayriya tadbirlari bolajonlarga katta tasurot qoldirib, ularga haqiqiy bolalarcha quvonchga toʼla Yangi yil ruhiyatini ulashdi.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech