O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Qoraqalpogʼiston Respublikasi Kegeyli tumanida sayyor qabul oʼtkazildi!

Joriy yilning 21 noyabr kuni Qoraqalpogʼiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining oʼrinbosari – Tergov boshqarmasi boshligʼi podpolkovnik M.Rahmatullayev tomonidan Kegeyli tuman «Jana bozor» OFY da tuman aholisi ishtirokida sayyor qabul oʼtkazildi.

Qabul jarayonida jami 11 nafar fuqarolardan murojaatlar kelib tushgan boʼlib, ulardan 6 tasi qanoatlantirildi, 3 nafar fuqaroning murojaati ijroga qaratilib, nazoratga olindi va 2 ta murojaat boʼyicha tushuntirish berildi.

Shu bilan birga qabul vaqtida jami 6 nafar 16 yoshga toʼlgan yigit-qizlarga Oʼzbekiston Respublikasining fuqarolik pasportlari topshirildi va 1-guruh nogironi bo'lgan bir nafar fuqaroga tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan nogironlik aravachasi berilishi taʼminlandi.

Bugungi kunda tasdiqlangan reja asosida Qoraqalpogʼiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining oʼrinbosari podpolkovnik M.T.Rahmatullayev tomonidan respublikaning barcha shahar va tumanlarida sayyor qabullar oʼtkazilishi davom yetmoqda.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech