O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi xodimlari Zangiota ziyoratgohiga tashrif buyurdi

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamentining koʼrsatmasi ijrosini taʼminlash maqsadida, xodimlarni ijtimoiy qoʼllab quvvatlash va ularning madaniy-maʼrifiy dam olishlarini tashkillashtirish maqsadida Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi boshligʼining tashabbusi bilan boshqarma xodimlari Toshkent viloyatining Zangiota tumanida joylashgan Zangiota ziyoratgohiga tashrif buyurishdi.

Tashrif jarayonida Boshqarma xodimlari ziyoratgohning diqqatga sazovor joylari va u yerda tashrif buyuruvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, oʼtganlarning haqqiga duo qilishdi.

Bundan tashqari Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi xodimlari "Toshkent politexnika muzeyi"ga tashrif buyurib, u yerdagi eksponatlar va texnologik taraqqiyotning shakllanish tarixi bilan tanishdilar.

Mazkur tashrif Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi xodimlarida katta taassurot qoldirdi.

Kelgusida shu kabi tashriflarni reja asosida muntazam amalga oshirish Tergov boshqarmasi boshligʼi tomonidan nazoratga olindi.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech