O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Qoraqalpogʼiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining oʼrinbosari podpolkovnik M.T.Raxmatullaev tomonidan Qoʼngʼirot va Qonliqoʼl tumanlari IIBlariga amaliy yordam koʼrsatildi.

2020 yilning 25 sentyabr kuni, vazir oʼrinbosari M.T.Raxmatullaev tomonidan Qoʼngʼirot va Qonliqoʼl tumanlari IIBlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashdagi amalga oshirayotgan faoliyati hamda rahbariyat koʼrsatmalarining bajarilishi oʼrganildi. Qoʼngʼirot va Qonliqoʼl tumanlari faollari bilan, joriy yilda ushbu tumanlarda sodir etilgan jinoyatlar tahlil qilinib, kelgusida jinoyatlarning profilaktikasi boʼyicha amalga oshirilishi lozim boʼlgan tegishli chora tadbirlar belgilab olindi.

Vazir oʼrinbosari M.T.Raxmatullaev Qoʼngʼirot tumandagi “Xan-Jap” OFYning mahalla faollari bilan birgalikda, joriy yilning 13 sentyabr kuni soat 18:00 larda ushbu mahallada yashovchi 29 yoshli fuqaro oʼz uyida 52 yoshli otasini yogʼoch bilan urib, ogʼir tan jarohati yetkazgan holati muhokama qilinib, mazkur holatning kelib chiqish sabablari va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlari oʼrganildi.

Shu kuni vazir oʼrinbosari tomonidan Qonlikoʼl tumandagi “Jana qala” OFYning mahalla faollari bilan birgalikda, joriy yilning 17 sentyabrь kuni soat 21:30 larda 21 yoshli fuqaro oʼz oshqaruvidagi “Kobalьt” rusumli avtomashinasi bilan velisopedda harakatlanib ketayotgan 55 yoshli fuqaroni urib yuborishi natijasida, ushbu shaxs voqea joyida vafot etgan holati muhokama qilindi.

Yuqoridagi jinoyatlar sodir etilgan hududdagi profilaktika inspektorlarining tayanch punktlariga borilib, ularning ish sharoitlari hamda xodimlarning ish yurituvidagi tergovga qadar tekshiruv hujjatlari oʼrganildi. Mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda ish materiallari boʼyicha oʼz vaqtida qonuniy qaror qabul qilinishi yuzasidan tegishli yoʼnalishlar berib oʼtdi.

Bundan tashqari, vazir oʼrinbosari M.T.Raxmatullaev tomonidan Qoʼngʼirot va Qonliqoʼl tumanlaridagi koronavirus pandemiyasi tarqalishining oldini olish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlari tekshirilib, fuqarolarning karantin qoidalariga rioya qilinishi yuzasidan ishlarni davom ettirishlik boʼyicha tegishli koʼrsatmalar berildi. 

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech