O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Qumqurg‘onda olib qochilgan “Captiva” topildi

Surxondaryo. 2020 yilning 21 sentyabr kuni soat 09:30 da nomaʼlum shaxs Qumqurg‘on tumani “Kattaqo‘l” mahallasida yashovchi 41 yoshli B.X., ning yashash uyi oldida turgan “Captiva” rusumli avtomashinani olib qochgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni 29 yoshli Sh.S., sodir etganligi aniqlanib, olib qochilgan avtomashina ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Qumqo‘rg‘on tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Sh.S., ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov jarayonida Sh.S., ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinib, unga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech