O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Avtomashinani mast xolda olib qochgan shaxs avvaliga yo‘l-transport hodisasini sodir qildi so‘ngra transport vositasi bilan ag‘darilib ketti

Toshkent viloyati. 2021 yil 15 dekabr kuni soat 06:40da Qibray tumani Qipchoq mahallasi Oydin hayot ko‘chasida yashovchi 24 yoshli Q.S. mast holda bo‘la turib, yashash manziliga yetib olish maqsadida Chirchiq shahar A.Navoiy ko‘chasi 257-sonli ko‘p qavatli uyning oldida 31 yoshli A.Z., ga tegishli bo‘lgan “Damas 2-DLX” rusumli avtoulovini qarovsiz qoldirilganligidan foydalanib, chap orqa yo‘lovchi tarafdagi eshikning birinchi oynasini qo‘li bilan sindirib, avtomashinaning saloniga kirib, magnitofon ostidagi joydan zaxira kalitni olib, ushbu kalit orqali avtomobilni o‘t oldirib, hodisa joyidan yashiringanligi aniqlangan.

Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida Q.S. transport vositasini olib qochganidan so‘ng Chirchiq shahrida “Matiz-mx” rusumli avtomobil bilan to‘qnashib ketganligi, biroq yo‘l-transport hodisasiga qaramasdan harakatini davom ettirganligini va Chirchiq shahar A.Temur ko‘chasida joylashgan 7 qavatli turar joyning oldidagi sim to‘siqqa urilishi natijasida, transport vositasini ag‘darib yuborib, hodisa joyidan qochib yashirinmoqchi bo‘lganida Chirchiq shahar IIB xodimlari tomonidan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Chirchiq shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Q.S.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (avtoulovni olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlangan.

Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech