O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Termiz shahrida sayyor qabul.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti rahbariyatining ko‘rsatmasiga asosan, joriy yilning 25 yanvar' kuni Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari – Tergov boshqarmasi boshlig‘i polkovnik K.I.Gafforov tomonidan Termiz shahri Xalq qabulxonasida shahar aholisi uchun sayyor qabul o‘tkazildi.

Qabul jarayonida jami 12 nafar fuqarolardan murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, ulardan 9 nafar fuqarolarga murojaatlari yuzasidan xuquqiy tushuntirishlar berildi va qolgan 3 ta murojaat qarz munosabatlariga oid bo‘lganligi sababli tegishliligi bo‘yicha boshqa idoraga yuborilib, ijrosi nazoratga olindi.

Hozirda tasdiqlangan reja asosida Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari polkovnik K.I.Gafforov tomonidan viloyatning barcha shahar va tumanlarida sayyor qabullar o‘tkazilishi davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

 

Text to speech