
Vazir o‘rinbosarining Qashqadaryodagi o‘rganishlari
Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Yaxyojon Abdulxakov Qashqadaryo viloyatining shahar va tumanlari jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish borasida o‘tkazilayotgan profilaktik tadbirlarning samaradorligini o‘rgandi.
Shahrisabz shahar, Kitob, Yakkabog‘, Dehqonobod, G‘uzor, Shahrisabz tuman IIBlari va Qarshi shahar IIO FMBda bo‘lgan Vazir o‘rinbosari “Xavfsiz hudud” tadbiri doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishishdi.
Shahrisabz shahar Oqsaroy maydoni yonida joylashgan “Zingiron” mahallasida joylashgan 5-sonli huquq tartibot maskanida bo‘lib, fuqarolar va mutasaddilarga yaratilgan shart-sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.
Kitob tumanidagi “Paxtaobod”, Yakkkabog‘ tumanidagi “Obod”, G‘uzor tumanidagi Mustaqillik mahallalarida bo‘ldi. Mahallada beshlikning qonunbuzarliklarni oldini olish, fuqarolarning kundalik va maishiy muammolarini hal etish borasidagi amalga oshirilgan ishlarini atroflicha tahlil etdi. O‘rganishlar davomida jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan mutasaddilarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berib, "ijtimoiy profilaktika" tadbirlarini kuchaytirish lozimligi ta’kidlandi.
O‘rganishlar davomida har bir tumandagi maxsus so‘rov xonasi bilan tanishib, yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirib, tergovchilar bilan qonunlar, xizmat vazifalari va kasbiy mahoratiga oid savol-javoblar o‘tkazdi.
Vazir o‘rinbosarining Qarshi shahar IIO FMBda bo‘lib, tungi xizmat xodimlariga yo‘riqnoma o‘tdi. So‘ngra, Qarshi shahrida joylashgan «Situatsion markaz»da bo‘lib, jinoyatlar va huquqbuzarliklarni oldini olish, sodir etilganlarini fosh etish holatlarini tahlil etdi.
Vazir o‘rinbosarining o‘rganishlari boshqarmada bo‘lgan yig‘ilishda tahlil etilib, mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.