O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Vazir o‘rinbosari polkovnik R.Ashropov Toshkent viloyatida jamoat xavfsizligini taʼminlash borasidagi ishlarni o‘rganmoqda

Mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish, jinoyatchilikni jilovlash bo‘yicha sektorlar va huquq-tartibot idoralari rahbarlari tomonidan ko‘rilayotgan choralarni o‘rganish hamda amaliy tadbirlarni belgilash yuzasidan polkovnik R.Ashropov Olmaliq shahriga bordi.

Jumladan, Olmaliq shahridagi kriminogen vaziyati og‘ir bo‘lgan “Oydin” va “Saxovat” MFYlarida sektor rahbarlari bilan birgalikda “mahalla yettiligi” bilan uchrashib, huquq-tartibot maskani faoliyati va ko‘p qavatli xonadonlarda xavfsizlikni taʼminlash borasida ko‘rilayotgan choralar bilan tanishdi, aholiga qulay sharoitlar yaratish, kriminogen vaziyatni yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha kuch-vositalarni jalb etish yuzasidan topshiriqlar berdi.

Shuningdek, umumiy o‘rta taʼlim maktablari o‘quvchilari ishtirokida o‘tkazilayotgan musobaqada ishtirok etib, o‘quvchilar bilan uchrashdi, vatanparvarlik hissini shakllantirish, o‘quvchilar o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olish bo‘yicha tavsiyalar berdi.

Bundan tashqari, Zangiota tumanidagi “Obod” MFYda tashkil etilgan huquq-tartibot maskani faoliyati bilan tanishdi, “mahalla yettiligi” bilan suhbatlashdi, “AbjalilbobMFYda joylashgan 43-sonli umumiy o‘rta taʼlim maktabida bo‘lib, qurilishi rejalashtirilayotgan yangi o‘quv binosi loyihasini o‘rgandi, o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar berdi.

Polkovnik R.Ashropovning Toshkent viloyatidagi o‘rganishlari davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech