O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Surxondaryo viloyatida sayyor qabul. Respublika ishchi guruhi tashrifi jarayonida Muruvat uyida yashayotgan fuqarolarning xolidan xabar olindi.

Aholini murojaatlarini tinglash, Respublika va viloyatning markazdan uzoq bo‘lgan olis hududlardagi fuqarolarni ham qamrab olish, bu orqali xalq dardini, ularni uzoq va qisqa muddatlardan beri qiynab kelayotgan muammolarini qonuniy hal etish maqsadida Prezident maslahatchisining birinchi o‘rinbosari boshchiligidagi Respublika ishchi guruhi tomonidan joriy yilning 11-16 iyun kunlari Surxondaryo viloyatida sud-huquq masalalari bo‘yicha ommaviy sayyor qabullar reja asosida Surxondaryo viloyati aholisi uchun o‘tkazilmoqda.

Xususan, kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari polkovnik Ya.A.Abdulxakov tomonidan Surxondaryo viloyati Denov tumani “Lolazor” mahallasida joylashgan “Muruvvat uyi” yashayotgan nogironligi bo‘lgan fuqarolarning xolidan xabar olish, ularni dardini tinglash maqsadida tashrif buyurildi.

Qabul davomida “Muruvvat uyi”da davolanib, yashayotgan 18 nafar fuqarolarning fuqarolik pasporti olish masalasidagi murojaati qabul qilinib, ularga O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining identifikatsiya ID-kartalari o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirildi va tantanali ravishda topshirildi.

Hozirda ishchi guruh tomonidan rejaga asosan viloyatning boshqa tuman va shaharlarida sayyor qabullar o‘tkazilishi davom etib kelmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech