O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Surxondaryo viloyati IIBda Tergovchilar “Zakovat”da bellashishdi

2023 yilning 26 may kuni Ichki ishlar organlari tizimida “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish oliy – burchimiz!” shiori ostida o‘tkazilayotgan “Maʼnaviyat oyligi” davomida Surxondaryo viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi hamda uning quyi bo‘linmalari xodimlari ishtirokida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.

“Zakovat” intellektual o‘yini davomida Tergov boshqarmasi hamda uning quyi bo‘linmalari xodimlaridan tashkil topgan “Everest”, “Parlament”, “Adolat”, “Chag‘oniyon” hamda “Intellekt” jamoalari o‘zaro bellashishdi.

2 turdan iborat bo‘lgan o‘yin yakuniga ko‘ra faxrli birinchi o‘rinni “Everest” jamoasi, ikkinchi o‘rinni “Adolat” jamoasi hamda uchinchi o‘rinni “Parlament” jamoalari egallashdi. G‘olib jamoalar viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi rahbariyati tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Shu bilan birga tadbirda “Eng yaxshi bilimdon” hamda “Eng faol ayol” nominatsiyalari bo‘yicha g‘oliblar aniqlanib, ularga ham qimmatbaho sovg‘alar berilishi taʼminlandi.

Bu kabi o‘yinlarning o‘tkazilishi, tergovchilarni mantiqan fikrlashiga hamda bilimlarini yana-da mustahkamlashga xizmat qiladi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech