O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi shaxsiy tarkibi bilan Termiz shahrida joylashgan “Tarix va madaniyat muzeyi” ga sayohat

Joriy yilning 26 may kuni Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi shaxsiy tarkibi bilan Termiz shahrida joylashgan “Tarix va madaniyat muzeyi” ga sayohat tashkil qilinib, xodimlarga madaniy hordiq chiqarishlari uchun sharoit yaratildi.

Sayohat davomida xodimlar muzeydagi o‘tmish va bugungi kunga oid noyob eksponatlar, inson qo‘li bilan yaratilgan qadimiy ashyolar, tarixdan so‘z yuritadigan turli xil fotosuratlar va buyumlar bilan tanishdi.

Muzey maʼmuriyati tomonidan xodimlarga muzeydagi tarixiy va madaniy eksponatlar to‘g‘risida tushuncha berilib, ularning yaratilishi hamda muzeyga keltirishi tarixi haqida so‘zlab berildi.

Xodimlarga muzeyning birinchi qavatida miloddan avvalgi davrga, ikkinchi qavatida o‘rta asrlarga va uchinchi qavatida hozirgi davrga oid tarixiy va madaniy eksponatlar haqida tushuncha berildi.

Xodimlarning madaniy hordiq chiqarishlari uchun reja asosida sharoitlar yaratilmoqda.

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech