O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Sirdaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi bo‘linmalari faoliyati sarhisob qilindi

Joriy yilning 25 yanvar kuni Sirdaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi bo‘linmalari tomonidan 2022 yilda amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuqlar hamda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan hisobot-yig‘ilishi o‘tkazildi.

Hisobot yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari polkovnik Ya.A.Abudlxakov ham ishtirok etdi.

Tanqidiy ruhda o‘tkazilgan hisobot-yig‘ilishda Sirdaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi bo‘linmalari tomonidan 2022 yilda erishilgan ijobiy natijalar bilan bir qatorda, tizimda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, ularni kelib chiqishiga sabab bo‘lgan omillar, shuningdek, xodimlarning tartib va ijro intizomiga rioya qilishlari muhokama qilindi hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan maqsadli chora-tadbirlar belgilab olindi.

Yig‘ilishda 2023 yil Tergov boshqarmasi va uning quyi bo‘linmalari xodimlari uchun “Tergov sifatini oshirish yili” deb belgilanganligi eʼlon qilindi.

Shu bilan birga yig‘ilishda Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari polkovnik Ya.A.Abdulxakov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yana-da yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2023 yil 20 yanvar kunidagi 10-sonli Qarori mazmun mohiyati tushuntirilib, ushbu qaror asosida qabul qilingan Ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksi talablariga har bir tergovchi va surishtiruvchilar amal qilishi, fuqarolar bilan ishlashda ushbu kodeks qoidalariga so‘zsiz amal qilish lozimligi bo‘yicha tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Yig‘ilish yakunida, 2022 yilning 12 oyi davomida eng yuqori natijalarga erishib,  el yurt osoyishtaligi va fuqarolar xavfsizligini taʼminlashda, yuklatilgan xizmat vazifalariga to‘liq yondoshib, kasb mahoratini namoyon etib, boshqa hamkasblariga namuna bo‘lib kelayotgan tergov xodimlari va tergov jamoalariga IIV huzuridagi Tergov departamenti boshlig‘ining faxriy yorliqlari hamda Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘ining pul mukofotlari topshirildi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech