O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Respublika ishchi guruhi tomonidan navbatdagi ommaviy sayyor qabullar Jizzax viloyati aholisi uchun o‘tkazildi

2021-yil 01-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Sudyalar oliy kengashi, Oliy sud, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi rahbarlaridan tashkil topgan ishchi guruhlari tomonidan sud-huquq masalalari bo‘yicha navbatdagi ommaviy sayyor qabul Jizzax viloyati aholisi uchun o‘tkazildi.

Sayyor qabul davomida, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari polkovnik Ya.A.Abdulxakovga bo‘lgan murojaatlar davomida mulkka oid huquqlarni tiklash, yetkazilgan moddiy zararni qoplash, qonunbuzarni tegishli tartibda javobgarlikka tortish, firibgardan mablag‘ yoki mol-mulkni undirish, tergovga qadar tekshiruv hamda tergov harakatlariga oid masalalar ko‘tarildi. O‘z navbatida fuqarolarning muammolariga yechim topish bo‘yicha tegishli masʼullar biriktirilib, hal qilish muddatlari belgilandi. Ommaviy qabulga soha vakillariga minnatdorchilik bildirish uchun kelganlar ham bo‘ldi.

Taʼkidlash kerak, bu kabi ommaviy qabullar respublikamizning barcha hududlarida bo‘lgani singari Jizzax viloyatida ham aniq reja asosida o‘tkazilmoqda va aholini qiynayotgan qator muammolar bartaraf etilmoqda. Aytgancha, Paxtakorda o‘tgan ommaviy qabulda 100 nafardan oshiq fuqaro sud-huquq masalalari bo‘yicha murojaat etgan.

Ishchi guruh tomonidan sayyor qabullar belgilangan jadval asosida davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech